Turnir haqida, O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasining mustaqillikning 31 yillik bayramiga bag'ishlangan futbol turniri. Created on Join.Football

Elchixona kubogi uchun mini-futbol musobaqasi!


Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi 1 sentyabr –O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan vatandoshlar jamoalari oʻrtasida Elchixona kubogi uchun mini-futbol musobaqasi oʻtkazilishini eʼlon qiladi. 

Musobaqa guruhga boʻlingan jamoalar oʻrtasida tashkil etiladi va jamoalar sonidan kelib chiqib turnir shakli belgilanadi.  

Uchrashuvlar mini-futbol qoidalariga koʻra tashkil qilinadi. Jamoa aʼzolarining umumiy soni 6 nafardan kam boʻlmasligi lozim. 

Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar hamda jamoalar roʻyxati. Elchixona tomonidan yaratilgan mahsus sayt (https://uz.join.football) orqali qabul qilinadi. Jamoalar musobaqada ishtirok etish uchun 15-iyulgacha soʻrovnoma va jamoa roʻyxatini taqdim etishi lozim. 

Turnir gʻoliblari sovrinlar va musobaqa kubogi bilan mukofotlanadi. Shuningdek, “Eng yaxshi oʻyinchi”, “Eng yaxshi toʻpurar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanadi va sovgʻalar bilan taqdirlanadi. 

Musobaqani final oʻyinlari avgust oyining oxirida oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Turnir tugagandan so'ng, musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalardan uyinchilar saralab olinadi va Yaponiyadagi vatandoshlarni terma jamoasi tuziladi, Kelajakda boshqa davlat diaspora va yapon  futbol jamoalari bilan turnirlar tashkil kilinadi.

Telegram: @yaponiyafutbol 

Ro'yhatdan o'tish uchun manzil: